Lavrov: Bizni Halabda etnik tozalashni amalga oshirishda ayblashgan
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov YeXHT vazirlari norasmiy uchrashuvidan so‘ng RT savoliga javob berar ekan, qator OAVda sharqiy Halabni ozod etish bo‘yicha amaliyotning yoritilishiga izoh berdi.
Lavrovning so‘zlariga ko‘ra, bu OAVda «mahalliy aholi go‘yoki hammadan ko‘p azob chekayotgani tufayli jazava yuz bergan».
«Bizni etnik tozalashda ayblashgandi», - deya aniqlik kiritdi u.
Diplomatning ta'kidlashicha, ayni damda Halabga tinch aholining qaytishi bilan bog‘liq fakt g‘arbdagi hamkasblari nazaridan chetda qolmoqda.
«Ular buni payqamaslik harakatida», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi Lavrov.
Vazirning qayd etishicha, Mo‘sul bilan holatda fuqarolarni tashkillashtirilgan holda olib chiqish bo‘yicha hech qanday sharoitlar yaratilmagan, sharqiy Halabni esa fuqarolik infratuzilmasiga kam zarar bilan ozod etishning uddasidan chiqildi.
Mavzuga oid
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
14:18
Rossiya o‘zbekistonliklarni sendvich-panellar ishlab chiqarish sohasida ishga olmoqchi
09:59
Britaniyaning eng yirik banki Rossiyadan to‘lovlarni qabul qilishni to‘xtatdi
23:22 / 22.11.2024