Panama va Venesuela inqiroz tufayli o‘zaro aviaqatnovlarni to‘xtatdi
Panama va Venesuela ikki tomonlama munosabatlardagi inqiroz tufayli o‘zaro aviaqatnovlarni to‘xtatdi. Panamaning Copa Airlines aviakompaniyasi Janubiy Amerika davlatiga reyslarni aprel boshida yuborishni to‘xtatdi, Venesuelaning Laser, Avior, Turpial va Santa Brbara Airlines aviatashuvchilari uchun esa bu chora chorshanbaga o‘tar tunda kuchga kirdi, deb xabar bermoqda EFE agentligi.
"Panama respublikasi Venesuela aviatashuvchilariga reyslarni to‘xtatish uchun 15 kun berdi, bu ikki davlat o‘rtasidagi reyslardan foydalanuvchi yo‘lovchilarga zarar keltirmaslik, hamda ular qayerdan parvoz qilishgan bo‘lsa, o‘sha davlatga qaytishni rejalashtirishlari uchun kerak bo‘ladi", - deya ma'lum qildi Panama Fuqarolik aviatsiyasi departamenti bosh direktori Alfredo Mora. Venesuela aviakompaniyalarining Panama hududidan so‘nggi reysi Laser tomonidan Panama poytaxtidagi Tokumen xalqaro aeroportidan Marakaybo shahriga (Venesuela shimoli-g‘arbi) amalga oshirildi.
Panama va Venesuela o‘rtasidagi ikki tomonlama aviaqatnov 90 kunga to‘xtatiladi. Biroq, keyinchalik bu muddat yakunlanganidan so‘ng u yana uzaytirilishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Panama va Venesuela ham sanksiyalar almashishni boshlagani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
08:02 / 20.11.2024
AQSh Gonsalesni Venesuelaning saylangan prezidenti sifatida tan oldi
20:37 / 24.10.2024
Saxarov mukofoti Venesuela demokratik harakati yetakchilariga berildi
21:35 / 15.10.2024
Maduro Ilon Maskni Venesuelada davlat to‘ntarishiga urinishda aybladi
19:56 / 13.10.2024