Jahon | 08:22 / 18.05.2018
8536
2 daqiqa o‘qiladi

Tojikistonlik 9 oila Samarqandga sayyohlik yo‘llanmasi bilan taqdirlandi

Tojikistonning Xo‘jandida yashovchi 9 oila Samarqandning tarixiy joylariga turistik sayohatga yo‘l oldilar. Bu oilalar orasida “oltin to‘y”ini nishonlagan, ya'ni 50 yil birga yashagan 3 ta oila, “yoqut to‘y”ini va “marvarid to‘y”ini nishonlagan oilalar bor bo‘lgan.   

Foto: Asia-Plus
Foto: Asia-Plus
Foto: Asia-Plus

“Bu oilalar barcha yosh oilalar o‘rnak olsa bo‘ladigan oilalar bo‘lib, ular Xo‘jand shahri rahbariyati tashabbusi bilan sayyohlik yo‘llanmalari bilan taqdirlandilar”, deb ma'lum qilgan shahar rahbarining matbuot kotibi Ma'murxon Yusufov.

Yusufovning aytishicha, juftliklar “O‘z oilalaringiz baxtini nimada ko‘rasiz?” degan savolga “Farzandlari salomatligi va farovonligi, o‘zaro muhabbat, g‘amxo‘rlik va ishonchda ko‘rishlarini” aytishgan.

Ushbu oilalarga yo‘llanmalar Xalqaro oila kuni munosabati bilan nikoh uyida topshirilgan. Xo‘jand rahbari yo‘llanmalarni topshira turib “Oila hayotdagi eng asosiy narsa” ekanligini ta'kidlab o‘tgan. 

“Siz yaratgan oilalarda yosh avlodga topshirish kerak bo‘lgan eng yaxshi an'analar vujudga keladi”, deb aytgan shahar rahbari.

Foto: Asia-Plus
Foto: Asia-Plus

 

Mavzuga oid