Britaniyalik sayyoh samolyotda so‘kingani uchun 7 oylik qamoq jazosiga hukm qilindi
Britaniyalik sayyoh samolyot bortida sarxush holda janjal ko‘targani uchun yetti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi. Bu haqida The Telegraph nashri xabar berdi.
Mettyu Uorrellu havo kemasi ekipaji faoliyatida qasddan to‘siq paydo qilishda ayblandi. Manbada ta'kidlanishicha, u o‘z aybini tan olgan.
Voqea 2016 yilning avgust oyida Manchesterdan Ispaniyaning Tenerife oroliga parvoz qilayotgan Britaniyaning Jet2.com loukosteri reysida sodir bo‘lgan. Sarmast holdagi yo‘lovchi 28 yoshli sayyoh styuardessalarga bir necha marta ichimlik buyurtma qilgan.
Oxir-oqibat bort kuzatuvchilari Uorrellga spirtli ichimlik keltirmay qo‘yishgan. Samolyot belgilangan joyga yaqinlashganida yo‘lovchi ichki aloqa tizimiga kelib, so‘kingancha yana spirtli ichimlik talab qilgan. Havo kemasi yerga qo‘ngach, zo‘ravon Ispaniya politsiyasiga topshirilgan.
Mavzuga oid
20:47 / 21.09.2024
Norvegiyadan Ispaniyaga uchgan samolyot sichqon sabab avariyaviy qo‘nishni amalga oshirdi
18:55 / 14.09.2024
AQShda vodorodda harakatlanadigan noyob samolyot taqdim etildi
21:38 / 05.09.2024
AQSh Dominikanda Maduroga tegishli ikkinchi samolyotni aniqladi
20:50 / 23.08.2024