Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muz bo‘lagidan quvongan panda ziyoratchilarni xushnud qildi
Xitoyda Veyvey laqabli katta panda jaziramadan muz bo‘lagi yordamida himoyalanmoqda. Bu haqida Daily Mail xabar berdi.
Bambuk ayig‘i Uxan shahridagi (Xubey provinsiyasi) hayvonot bog‘ida yashaydi. Hozirgi vaqtda bu mintaqadagi havo harorati 36 darajaga yetdi.
Veyveyni issiq urmasligi uchun unga 200 kilogrammli muz bo‘lagani berishdi. Erkak panda muz bo‘lagida sirpanib va vaqti-vaqti bilan uni yalab, hayvonot bog‘i ziyoratchilarining ko‘ngilini ovladi.

“Katta panda bambukdan keyingi eng yaxshi narsani topgani uchun kuni bo‘yi muz bo‘lagini quchoqlab yurdi”, - deb yozadi gazeta.


Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025