Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangkokda yuz bergan kuchli yong‘in tufayli kinoteatr binosi qulab tushdi
Tailand poytaxti Bangkok shahridagi Major Cineplex kinoteatrlar tarmog‘iga qarashli binoda kuchli yong‘in yuz berdi. Bu haqida Bangkok Post nashri xabar tarqatdi.
Aniqlik kiritilishicha, yong‘in oqibatida binoning bir qismi qulagan. Bundan tashqari, bir o‘t o‘chiruvchi jabrlangan.

Voqea joyiga 30dan ortiq o‘t o‘chirish bo‘linmalari yetib kelgani aytilmoqda. Yong‘inga qarshi 100 nafardan ortiq kishi kurash olib borgan.
Kinoteatrga tashrif buyurganlar orasida jabrlanganlar borligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.


Mavzuga oid
20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi
08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi
21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi
19:31 / 18.05.2025