Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 15:34 / 26.08.2016
7630
1 daqiqa o‘qiladi
Nepalda avtobus yuz metr balandlikdan daryoga ag‘darilib ketdi
26 avgust kuni Nepalning markaziy qismida joylashgan Trisuli daryosiga yo‘lovchi avtobusi quladi. Oqibatda 21 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda CNN telekanali.
Telekanal ma'lumotiga ko‘ra, salonida 41 kishi bo‘lgan avtobus deyarli 100 metr balandlikdan pastga qulagan. Qutqaruvchilar suvdan 17 yo‘lovchini olib chiqishga muvaffaq bo‘lishgan. Yo‘lovchilardan uch nafari izsiz g‘oyib bo‘lgan.
Fojia sabablarini surishtirish ishlari boshlab yuborilgan.

Mavzuga oid
01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi
20:21 / 24.05.2025
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
21:28 / 22.05.2025
Toshkentda yo‘lovchilar avtobus harakatiga to‘sqinlik qilgan avtomobil haydovchisini jazoladi
10:27 / 22.05.2025