Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda o‘tgan “Yil avtomobili” tanlovi finalchilari nomi ma'lum qilindi
“Shimoliy Amerikaning eng yaxshi yengil avtomobili, yo‘ltanlamasi va og‘ir mashinasi” tanlovi tashkilotchilari birinchi o‘rin uchun intilayotgan nomzodlar nomini ma'lum qildi. G‘oliblar keyingi yilning yanvar oyida Detroytda bo‘lib o‘tadigan motoshouda e'lon qilinadi.
AQShda eng yaxshi yengil mashina maqomi uchun Chevrolet Bolt elektrokari kurash olibboradi. Undan tashqari, Genesis G90 va Volvo S90 mashinalari ham g‘oliblikka da'vo qilishmoqda.
“Yil pikapi” yo‘nalishi bo‘yicha birinchi o‘ringa Ford F-Series, Honda Ridgeline va Nissan Titan da'vogarlik qilishmoqda. “Eng yaxshi og‘ir mashina” yo‘nalishida esa Chrysler Pacifica mashinasi, shuningdek, Jaguar F-Pace va Mazda CX-9 da'vogarlar safida.
O‘tgan yilda g‘oliblar sifatida Honda Civic va Volvo XC90, ungacha esa — Volkswagen Golf va Ford F-150 e'tirof etilgan edi.









Mavzuga oid
11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda
09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti
22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi
21:38 / 27.05.2025