Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Atamboyev Islom Karimovning dafn marosimiga kelmaganiga izoh berdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev O‘zbekistonga amaliy tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning dafn marosimiga kela olmagani sababini tushuntirib berdi.
«Islom Abdug‘aniyevich bilan deyarli besh yil davomida muloqotda bo‘ldik, ishladik. Toshkentda iyunda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda u biz endilikda barcha masalalarni hal qilishimiz kerakligi haqida gapirdi. O‘shanda Islom Karimov Bishkekka sentabrda MDH sammitida ishtirok etish uchun kelishga va'da bergandi. Biroq bu ro‘y bermadi», - dedi Almazbek Atamboyev.
«Dafn kuni Qirg‘izistonda katta xalqaro tadbir (ko‘chmanchilar Jahon o‘yinlari) o‘tkazildi. Shu sababdan men kela olmadim. Kechikib bo‘lsa ham duo qildik», - ta'kidlab o‘tdi Qirg‘iziston yetakchisi.
Mavzuga oid
17:39 / 22.03.2025
Mirziyoyev birinchi prezident maqbarasini ziyorat qildi
23:12 / 20.03.2025
Karimov Rossiyaga ishonmas edi. Unda nega ittifoqchi bo‘lgandi?
12:25 / 30.01.2025
Foto: Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi
13:34 / 07.10.2024