Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Muhojirlar sovuq sharoitlarda omon qolishga harakat qilmoqdalar
Foto: Reuters
Muhojirlar Serbiya poytaxti Belgradda sovuq qish sharoitida omon qolish uchun shahar bog‘larida va qarovsiz uylarda tunni o‘tkazishga majbur bo‘lmoqdalar.
G‘arb davlatlari muhojirlar Yevropaga borish uchun foydalangan "Bolqon yo‘li"ni yopganlaridan keyin Serbiya hududida chegaralarning ochilishini kutayotgan minglab muhojirlar to‘planib qolgan.
Bunday muhojirlardan biri pokistonlik Alamsar Serbiyada yarim yildan beri ekanligini va sovuq ob-havoda Belgrad universiteti avtoturargohida tunni o‘tkazishga majbur bo‘layotganini ma'lum qilgan.
"Boshqa 10 muhojir bilan men avtoturargohning 2-qavatida tunamoqdaman. Shamol va sovuqdan himoyalanish uchun bizda faqat eski adyollargina bor", deb aytmoqda Alamsar.
Ko‘plab muhojirlar uchun tunash joyini "Chegara bilmas shifokorlar" tashkiloti vaqtinchalik joylarda tashkil etmoqda. Bu yerda muhojirlar bir kunda bir marta issiq ovqat olishlari mumkin, biroq dush qabul qilish uchun soatlab navbatda turishlariga to‘g‘ri kelmoqda.




Mavzuga oid
14:23 / 23.05.2025
Kaya Kallas: Serbiya geosiyosiy tanlov qilishi kerak
20:35 / 07.05.2025
Moskvaga kelayotgan Serbiya prezidenti dronlar tufayli Bokuga qo‘nishga majbur bo‘ldi
01:17 / 07.05.2025
NATOning uch davlati Vuchich va Fitso samolyotlarining Moskvaga uchishini taqiqladi
16:03 / 17.04.2025