Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fotojamlanma: eng kuchli ta'sirga ega ijtimoiy reklamalar
Reklama — savdoning dvigateli bo‘lsa, ijtimoiy reklamalar hayotning rangini ko‘rsatib beruvchi vositadir. Bunday reklamalar inson tasavvurini o‘zgartirib yuboradi, to‘g‘ridan to‘g‘ri qalbiga ta'sir ko‘rsatadi.
E'tiboringizga eng kuchli mazmun-mohiyatga ega ijtimoiy reklamalarni taqdim etamiz.
Zo‘ravonlik hech qanaqasiga kechirilmaydi
Kashandalik — jonivorlarga nisbatan shafqatsizlikdir. Itlar yoki mushuklarda bu holatda saratonga chalinish ehtimoli ikki baravar yuqoridir.
Autizmga chalinganlar yuzingizdagi ifodani anglashlari, huddi notanish tilni tushunmaganingiz kabi juda qiyindir.
Siz ekranni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin, ammo ular emas...
Tanos 12? Siz ijtimoiy tarmoqdagi profil ortida kim yashiringanini hech qachon bila olmaysiz.
Kamar shimni ushlab turish uchun chiqarilgan, bolalarni qo‘rqitish uchun emas.
Jim turishingiz bilan faqat va faqat o‘zingizga zarar yetkazasiz.
Xavfsizlik kamarini taqmaslik — qo‘lda granata ushlab yurgandek gap.
Tabiat barchasini xazm qila olmaydi.
Antibiotiklarni shunchaki qabul qilmang, bu sizga shirinlik emas.
Muhabbatning yetishmasligi uni juda qiynaydi. Doimiy haqoratlar va ota-onaning beparvoligi bolalarni yovvoiylashtiradi.
Jonivorlar qayta ishlash qobiliyatiga ega emas. Iltimos, atrofni ifloslantirmang.
Barcha narsani tabiiy deb bilish eng notabiiylikdir.
Ijtimoiy tarmoqlarda 2000 obunachi. Hayot tashvishlari haqida suhbatlashgani esa hech kim yo‘q.
Hayotda shunday vaziyatlar bo‘ladiki, unda terining rangi ahamiyatini yo‘qotadi.
Iflosgarchilik halokatga olib boradi. Bir dona sigaretning filtri 500 litr dengiz suvini zaharlaydi.
Ruldaligingda SMS yozma
Tsirk afishasining teskari qismi
Tabiatni vayron qilish — hayotni vayron qilishdir
Mavzuga oid
16:17 / 03.05.2025
Toshkentda ruxsatsiz o‘rnatilgan reklama, banner va peshlavhalar olib tashlanmoqda
16:31 / 28.04.2025
Umraga oid reklama qonunchiligini buzganlar jazolandi
23:07 / 17.04.2025
AQSh sudi Googleʼni onlayn reklama bozorida monopolist deb topdi
08:40 / 26.03.2025