Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Uch kunda bitgan ko‘prik avariya holatiga kelib qoldi (foto)
Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatining Shofirkon tumanida qurilgan ko‘prikning bugunga kelib achinarli va xavfli holatga kelib qolgani borasida suratli post qoldirildi.
Ma'lumotlarga ko‘ra, ushbu ko‘prik uch kun ichida qurib bitkazilgan. Ammo u mana shu muddat ichida avariya holatiga kelib qolgan. Postga ilova qilingan suratlarda ham bu holat o‘z aksini topgan.
Bundan tashqari, qoldirilgan izohlarga ko‘ra, ko‘prik qurib bitkazilgach, undan qancha og‘irlikdagi avtoulovlar qatnashi haqida maxsus belgi qo‘yilmagan. Shu bois mazkur ko‘prikdan ko‘p tonnali yuk mashinalari ham qatnayvergan.
Post muallifining so‘zlariga ko‘ra, “yangi ko‘prik o‘rnida bo‘lgan eski ko‘prik ancha mustahkam bo‘lgan. Hozirgisi esa ko‘zbo‘yamachilik asosida qurilgani bois mana shunday ko‘ngilsizlik yuz berib turibdi”.



Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025