Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oq uy ta'mirdan chiqarildi
Foto: Reuters
AQSh prezidentining rasmiy qarorgohida ta'mirlash ishlari yakunlandi. Oval va boshqa xonalarning bezaklarini o‘zgartirish avgust oyi boshida, Donald Tramp ta'tilga chiqqanida boshlandi. U mehnat ta'tilini Nyu Jyersidagi golf-klubda o‘tkazdi.
Rejaga muvofiq, Janubiy qanotning yoriq paydo bo‘lgan zinapoyalari restavratsiya qilinishi, tashqi yoritish chiroqlari almashtirilishi va kirish eshiklarining qoplamasi o‘zgartirilishi, Harbiy-dengiz oshxonasini ta'mirlash, gilamlar va pardalarni almashtirish, yangi isitish, sovutish tizimlarini o‘rnatish va boshqa ishlarni amalga oshirish belgilangan edi. «Gazeta.Ru» Oq uy ta'mirlanganidan so‘ng, qanday ko‘rinishga ega bo‘lganiga oid fotoreportaj tayyorladi.
Donald Tramp vazifasiga kirishganidan keyin pardalarni o‘zgartirishga ko‘rsatma berdi. Undan oldingi prezident Barak Obama yorqin ranglarni yoqtirar edi.

Oq uyning Oval xonasi ta'mirlashdan avval

Oval xona ta'mirdan so‘ng

Oval xonaga yangi naqshli gulqog‘ozlar yopishtirildi

Oq uyning Janubiy qanoti zinapoyalari

Gilamlarni o‘zgartirish


Ruzvelt xonasi ta'mirlashdan avval

Oq uyning G‘arbiy qanotidagi Ruzvelt xonasi — anjumanlar zali hisoblanadi. Ta'mirlashdan avvalgi qurilish materiallari

Ruzvelt xonasi ta'mirdan so‘n

Ruzvelt xonasi. Prezident stuli boshqalarnikiga nisbatan balandroq

Oval xona tashqarisidan ham lyustra ko‘rinib turadi


Suratlar: Reuters
Mavzuga oid
13:24 / 30.04.2025
Oq uy Amazon'ning boj miqdorlarini oshkor etish rejalarini tanqid qildi
17:05 / 24.04.2025
Ilon Mask va moliya vaziri Skott Bessent Oq uyda janjallashib ketdi - Axios
12:58 / 19.04.2025
Oq uy kovid inson tomonidan yaratilganiga ishonyapti
11:51 / 14.04.2025