Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda dunyodagi eng katta kutubxona ochildi (video+suratlar)
Foto: MVRDV
Xitoyda dunyodagi eng katta kutubxona ochilmoqda, u 1,2 milliontagacha kitobni o‘ziga sig‘dira oladi. Boredpanda shu haqidagi xabar, video va suratlar bilan bo‘lishdi.
Kutubxona betakror intererga ega bo‘lib, u yerda shaffof muhit hukmron - uning tuzilmasi shundayki, yuqorida yoki pastda kim nima qilayotganini ko‘rish mumkin. Bino o‘rtasida esa ulkan sferik shar mavjud bo‘lib, u katta ko‘zdek tasavvur uyg‘otadi.
Besh qavatli kutubxona Niderlandiyaning MVRDV dizaynerlik firmasi bilan hamkorlikda Tyantszindagi Shaharsozlik instituti tomonidan loyihalashtirilgan.
Yangi bino Tyantszinning Binxay madaniy dahasida joylashgan va shu bois "Binxay ko‘zi" nomini olgan. Kutubxona maydoni - 34 ming kvadrat kilometr, u yerga 1,2 milliontagacha kitobni sig‘dirish mumkin.
Kutubxonada mutolaa xonasi, mehmonlar uchun zal, uchrashuvlar uchun xonalar, kompyuter va audio-xonalar bor.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025