Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Manchester Yunayted» qatorasiga ikkinchi marta dunyoning eng muvaffaqiyatli klubi bo‘ldi

«Manchester Yunayted» klubi qatoraisga ikkinchi marta dunyoning eng daromadli klubi bo‘ldi, deb xabar beradi TASS.
Deloitte auditor kompaniyasi e'lon qilgan ro‘yxatda, «MYu» 2016/17 mavsumida 676 mln yevro daromad bilan birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi. Jamoa Yevropa Ligasida g‘alaba qozonib, 44,5 mln yevro ishlab topdi.
Madridning «Real» klubi undan 1,7 mln yevro kam daromad olib, ikkinchi o‘rinni egalladi.
Eng muvaffaqiyatli klublar beshtaligiga «Barselona» (648,3 mln yevro), «Bavariya» (587,8 mln yevro) va «Manchester Siti» (527,7 mln yevro) ham kirdi.
Deloitte bashoratiga ko‘ra, kelasi mavsumda APL klublarining umumiy daromadi 8 mlrd yevrodan oshadi va muvaffaqiyatli klublar safida ingliz klublari yana ko‘payadi.
Mavzuga oid
12:05 / 22.05.2025
«Tottenhem» finalda «MYu»dan ustun keldi va mavsumni qutqarib qoldi
15:13 / 21.05.2025
«MYu» yoki «Tottenhem»: ikkinchi darajali yevrokubok kimga ko‘proq kerak?
18:52 / 01.05.2025
«To‘rt og‘ayni botirlar». Yevropa ligasi yarimfinallari oldidan
11:41 / 18.04.2025