Gruziya rossiyalik diplomat chiqarib yuborilishini ma'lum qildi
Gruziya rossiyalik bir nafar diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborishga qaror qildi. Bu Solsberida yuz bergan hodisa tufayli Buyuk Britaniya bilan birdamlik tariqasida amalga oshiriladi, deb xabar berildi mamlakat TIV rasmiy saytida.
«Vazirlik Buyuk Britaniya bilan birdam ekanini bildiradi, Buyuk Britaniya hamda xalqaro hamjamiyatning ushbu masala bo‘yicha pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, Gruziyada Shveytsariya elchixonasi qoshida Rossiya manfaatlari seksiya xodimining bo‘lishi qabul qilinmasligini ma'lum qiladi», - deyiladi bayonotda.
Ta'kidlanishicha, diplomat mamlakatni bir haftalik muddat ichida tark etishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Chernogoriya ham rossiyalik bir diplomatni mamlakatdan chiqarib yuborish haqida qaror qabul qilgandi.
Mavzuga oid

20:45
Rossiya IIV maktablardagi migrant bolalarning ro‘yxatini yuritishni boshlaydi

12:43
Tramp: "Umid qilamanki, Rossiya va Ukraina shu hafta kelishuvga erishadi"

12:27
Asirlarni ozod qilishga tayyor HAMAS, Sudandagi jim genotsid va Tramp deportatsiyasini to‘xtatgan sud - kun dayjesti

08:36