Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook’dan saylovlarga aralashishda foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslik kerak – Tsukerberg

Foto: REUTERS
Facebook kompaniyasi ijtimoiy tarmoqdan biror saylovlarga aralashishda foydalanishlariga yo‘l qo‘ymaslikni ustuvor vazifa deb hisoblaydi. Bu haqda kompaniya rahbari Mark Tsukerberg Yevroparlamentdagi chiqishi vaqtida aytib o‘tdi.
“Saylovlar haqida ko‘p savol berishadi. Men bilamanki, Yevropaning bir qator davlatlarida – Sloveniya, Shvetsiya, Latviya, Estoniya, Belgiya, Polshada va 2019 yilda Yevroparlamentga saylovlar bo‘lib o‘tadi. O‘z kompaniyamiz haqida shuni aytishim mumkinki, biz saylovlarga aralashishga har qanday urinishni bartaraf etishimiz lozim”, deb aytgan Tsukerberg.
Tsukerberg yevroparlamentchilarga dasturlar yaratuvchilari bundan buyog‘iga Cambridge Analytica bilan yuz bergan holatdagi kabi foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotlariga egalik qila olmasliklariga va'da berdi va kompaniya shunday imkoniyatlarga ega boshqa dasturlarni ham o‘rganayotganini qo‘shimcha qilgan.
“Ayni vaqtda biz mingga yaqin dasturni tahlil qilib, 200 dan ko‘prog‘ini to‘xtatdik”, deb aytgan Tsukerberg.
U oxirgi ikki yil davomida kompaniya ijtimoiy tarmoqda turli vositalardan suiiste'mol qilinishining oldini olish uchun yetarlicha ish qilmaganini tan olgan. Tsukerbergning aytishicha, hozirda kompaniya muammoli kontentga munosabat bildirishning tizimini o‘zgartirmoqda. Tsukerberg shu bilan birga, kompaniya biror siyosiy qarash sababli kontentni o‘chirmasligiga va'da bergan.
Uning aytishicha, barcha o‘zgarishlarni hayotga tatbiq qilish uchun ma'lum vaqt talab etiladi, biroq kompaniya joriy yil oxirigacha tarmoqda xavfsizlikni ta'minlash vazifalari bilan shug‘ullanuvchi xodimlari sonini ikki barobarga oshirishni rejalashtirmoqda.
Mavzuga oid

18:27 / 18.04.2025
Meta Tsukerbergning xavfsizligi uchun 2024 yilda 14 mln dollar sarfladi

08:40 / 26.03.2025
Rossiyada Instagram va Facebookʼda reklama joylash taqiqlandi

22:55 / 13.03.2025
Yevroparlamentda Huaweiʼga aloqador korrupsiya ishi sabab tintuv va hibsga olishlar bo‘lib o‘tdi

22:38 / 30.01.2025