Putin uchinchi jahon urushi ehtimoli haqidagi savolga javob berdi

Foto: TASS
Rossiya prezidenti Vladimir Putin «jonli muloqot» vaqtida uchinchi jahon urushi ehtimoli haqidagi savolga javob qaytardi. U bunda mashhur fizik Albert Eynshteyndan iqtibos keltirgan.
«Uchinchi jahon urushi bugungi sivilizatsiyamizni tugatishi mumkin. Bu tushuncha xalqaro maydondagi o‘ta xavfli va favqulodda harakatlardan saqlanishimiz kerakligini anglatadi», degan Rossiya rahbari.
U Ikkinchi jahon urushidan keyin dunyoda hududiy nizolar davom etganini, lekin global darajadagi ziddiyatlar boshqa kuzatilmaganini qo‘shimcha qilib o‘tgan.
«Eynshteynning so‘zlarini eslashimiz mumkin. U shunday degandi: «Uchinchi jahon urushida qanday qurollar bilan urishishadi, bilmayman. Ammo to‘rtinchisida tosh va tayoqlar bilan.
O‘ylab ko‘rilsa, urush bo‘lmaydi, chunki hamma yo‘q bo‘lib ketishdan qo‘rqadi, bizning qurolimiz bu muvozanatni saqlaydi», degan Rossiya prezidenti.
7 iyun kuni Vladimir Putin 16-marta real vaqt rejimida rossiyaliklarning savollariga javob qaytarmoqda. Ammo bu safar «jonli muloqot» formati o‘zgargan: studiyada tomoshabinlar yo‘q, prezident bilan joylardagi gubernatorlar va hukumat a'zolari videoselektor formatida bog‘lanishgan.
Mavzuga oid

02:31
Putin Ukraina bilan muzokaralarda ishtirok etadigan delegatsiya tarkibini tasdiqladi

21:14 / 14.05.2025
Yevropa Kengashi «Putin uchun tribunal» tuzish jarayonini boshladi

13:10 / 14.05.2025
Kallas: Putin Zelenskiy bilan uchrashishga jur’at eta olmaydi

12:26 / 14.05.2025