Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
3D-printerda to‘pponchalar tayyorlagan avstraliyalik qo‘lga olindi

Foto: Queensland Police
Avstraliya politsiyasi o‘tkazgan reyd davomida 3D-printerda tayyorlangan bir nechta to‘pponcha musodara qilindi, deb xabar berdi The Courier-Mail.
Majimba shahrida o‘tkazilgan reydda uchta to‘pponcha topilgan. Politsiya 27 yoshli shaxsni 12ta band, jumladan ruxsatnomasiz qurol tayyorlash ayblovi bo‘yicha hibsga olgan.
Nashrning detektiv Daren Edvardsga tayanib xabar berishicha, qurol foydalanishga deyarli tayyor bo‘lgan, unda bir nechta metall detallar yetishmagan xolos.
To‘pponchalar qattiq plastik yoki neylondan tayyorlangan bo‘lib, har xil ko‘rinishda bo‘lgan. Politsiya qo‘lga olingan shaxs ularni mukammalashtirish ustida ish olib borgan, degan taxminni ilgari surmoqda.
2014 yilda Yaponiyada 3D-printerda qurol tayyorlagan fuqaro ikki yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Mavzuga oid

20:40 / 30.04.2025
AQShda Starbucksʼning 3D-printerda bosilgan birinchi qahvaxonasi ochildi

12:24 / 30.04.2025
AQSh Avstraliyaning Amerika tanklarini Kiyevga berishiga to‘sqinlik qilyapti

21:25 / 28.04.2025
Avstraliya Ukraina uchun Abrams tanklarini yetkazib berishni kechiktirdi

21:02 / 28.04.2025