Hakerlar AQShda elektr energiyasini o‘chirib qo‘yishi mumkin - WSJ

Foto: iStock/ Getty Images
AQSh Ichki xavfsizlik vazirligidan ma'lum qilishlaricha, rossiyalik hakerlar Qo‘shma Shtatlar energotarmoqlariga kirish imkoniyatiga ega va elektr energiyasini o‘chirib qo‘yishi mumkin. Bu haqda The Wall Street Journal yozmoqda.
Mahkamadan bildirishlaricha, vazirlik va FQB Rossiyaga tegishli, deb hisoblovchi «Ninachi» hakerlar guruhi AQSh elektr ta'minoti uchun javobgar bo‘lgan kompaniyalarining himoyalangan hamda to‘silgan tarmoqlariga kirib olishning uddasidan chiqqan bo‘lishi mumkin.
Mahkamaning sanoat xavfsizligi tizimlari tahlili bo‘yicha departamenti rahbari Jonatan Gomer so‘zlariga ko‘ra, gap yuzlab korxonalar haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, ularning ba'zilari hakerlar harakatidan bexabar qolishi ham ehtimolga yaqin.
Mavzuga oid

18:46
AQSh kompaniyasi O‘zbekiston Milliy investitsiya jamg‘armasini boshqarishga kirishdi

17:33
Ukraina Rossiya bilan urushni tugatish uchun 22 ta shartga rozi – Kellog

17:04
AQSh O‘zbekiston paxta sanoatini moliyalashtirganini eshitgan Ilon Mask kulib yubordi

17:01