Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda jahondagi ilk to‘liq robotlashgan mehmonxona ochildi
Foto: Booking
Chendu shahrida paydo bo‘lgan Smart LYZ deb nomlanuvchi robotlashgan mehmonxonada birorta ham xodim yo‘q, deb yozadi Economical Times.
Mehmonxonaga kirishda mehmonlarni yuzni tanish tizimidan foydalanuvchi robot kutib oladi. U mehmonni ro‘yxatga oladi va xonasiga kuzatib qo‘yadi.
Taom yoki taksiga buyurtma berish, kir yuvish xizmatlari ham maxsus ilovaga biriktirilgan robotlar tomonidan bajariladi. Kutilmagan holatlar va mehmonlar salomatligi bilan noxush voqea yuz berganida odamlar bilan aloqa tizimi ishga tushadi.
Xonalar eshiklari avtomatlashgan bo‘lib, faqatgina mijoz uchun ochiladi.
2018 yil oxirigacha yana 50ta ana shunday mehmonxona qurish rejalashtirilmoqda.
Robotlar xizmat qiluvchi mehmonxona bundan ikki yil avval Yaponiyada paydo bo‘lgandi, ammo mehmonxonada robotlardan tashqari yana 10 nafar kishi ishlaydi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi
17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT
13:15 / 26.05.2025