Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
OAV: Xitoy o‘zining birinchi gipertovushli qurilmasini muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi

Illyustrativ foto/Reuters
Xitoy aerokosmik fanlar va texnologiyalar korporatsiyasi XXR tarixida birinchi marta soatiga 7,1 ming kilometr tezlikda ucha oladigan Xingkong-2 gipertovushli uchuvchi qurilmasini sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Global Times gazetasi xabar qildi.
Xitoy Aerokosmik aerodinamika akademiyasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqarilgan qurilma XXR shimoli-g‘arbidagi poligonlardan birida sinovdan o‘tkazildi. Ishlab chiqaruvchilarning aytishlaricha, parvoz vaqtida qurilma raqib uchun oldindan aniqlab bo‘lmaydigan trayektoriya bo‘yicha harakatlangan. Kelajakda u jangovar kallaklar tashishda hamda raketaga qarshi mudofaa tizimida qo‘llaniladi.
Sinovlar davomida qurilma 10 daqiqaga yaqin vaqt havoda bo‘lgan – bu vaqt ichida u 30 kilometr balandlikda qator manyovrlarni bajargan va mo‘ljallangan nuqtaga qo‘ngan. Qurilma yana bir nechta sinovlardan o‘tkazilganidan so‘ng Xitoy xalq ozodlik armiyasiga beriladi.
Mavzuga oid

19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi

18:42 / 26.05.2025
Xitoyda robotlar ilk bor ringda bir-biri bilan olishdi

17:57 / 26.05.2025
Xitoy «istalgan vaqtda» Tayvanga hujum qilishga qodir - FT

13:15 / 26.05.2025