Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pasport o‘rniga smartfon: Apple yangi patentga ariza berdi

Foto: HybridTechCar
AQShda Apple kompaniyasining yangi patent arizasi ro‘yxatdan o‘tkazildi. IT-giganti iPhone orqali shaxs identifikatsiyasi texnologiyasini yaratishni rejalashtirmoqda. Taxminlarga ko‘ra, mazkur innovatsiya muayyan vaqtdan so‘ng pasport o‘rniga smartfondan foydalanish imkonini beradi.
Qurilma egasining identifikatsion ma'lumotlari maxsus yopiq "ombor"da saqlanadi. Uning nosanktsion kirishdan himoyasi barmoq izi va yuzdan taniy oluvchi biometrik verifikatsiya texnologiyalari orqali ta'minlanadi.
"Elektron pasport" vakolatli organ so‘rovnomasiga ko‘ra "ombor"dan olinib, radiochastotali identifikatsiya texnologiyasi (masalan, NFC) yordamida qabul qiluvchiga uzatiladi.
Apple Insider ma'lumotlariga ko‘ra, patentlangan konsepsiya eng keng ko‘lamda qo‘llanishi mumkin. Masalan, xususiy kompaniyalar - xodimlar uchun o‘tish tizimlarida, davlat esa - aeroport yoki bojxonadagi pasport nazoratida.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025