Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
"Barselona" "Sevilya"ni mag‘lub etib, 13-marotaba Ispaniya Superkubogini qo‘lga kiritdi
Foto: Barselona
"Barselona" Ispaniya Superkubogi uchun bahsda "Sevilya"ni mag‘lub etdi. Marokashdagi "Ctad de Tanjyer" stadionida kechgan uchrashuv 1:2 hisobida "Barselona" foydasiga hal bo‘ldi.
O‘yinning 9-daqiqasida Sarabiya "Sevilya"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim tugashiga 3-daqiqa qolganida Pike oradagi farqni tenglashtirdi. Kataloniyaliklarga g‘alaba keltirgan gol 78-daqiqada Dembele tomonidan kiritildi.
"Barselona" o‘z tarixida 13-marotaba Ispaniya Superkubogida g‘olib bo‘ldi va bu borada eng yaxshi natijani qayd etishda davom etmoqda. Uning eng yaqin ta'qibchi bo‘lgan "Real Madrid" 10 marotaba Ispaniya Superkubogida zafar quchgan.
Sevilya – Barselona 1:2 (1:1, 0:1)
Gollar: 1:0 – 9 Sarabiya, 1:1 – 42 Pike, 1:2 – 78 Dembele.
Sevilya – Vatslik, Ker, Gomes, Merkado (Ben-Yyedder, 85), Eskudero, Banega, Mesa, Sarabiya (Aleish Vidal, 71), Navas, Vaskes, Muriel (Andre Silva, 60).
Barselona – ter Stegen, Pike, Nelson Semedu, Alba, Langle, Buskets, Rafinya (Rakitich, 46), Artur (Koutino, 53), Dembele (Vidal, 86), Messi, Suares.
Ogohlantirishlar: Buskets (16), Vaskes (24), Mesa (69), ter Stegen (90), Langle (90), Aleish Vidal (90).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
11:33 / 19.05.2025
«Roma» «Milan»ni yengdi va YeChL uchun kurashda qoldi, «Barsa» sovrin olgan kunida yutqazdi. Kun o‘yinlari
09:37 / 16.05.2025
«Barselona» - Ispaniya chempioni! Yamal «Oltin to‘p» uchun asosiy da’vogar
21:21 / 11.05.2025