Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maskka Tesla’ni sotib olishda kim yordam berishi aytildi

Foto: Getty Images
Saudiya Arabistoni suveren jamg‘armasi Tesla aksiyalarini xarid qilish bo‘yicha kompaniya rahbariyati bilan muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda Bloomberg manbalarga tayangan holda xabar qilmoqda.
Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, fond Tesla asoschisi Ilon Maskka kompaniyani aksiyadorlardan sotib olishiga yordam berishi kerak bo‘lgan kelishuvda ishtirok etmoqchi.
Ta'kidlanishicha, Saudiya Arabistoni shu tarzda neft bozoridagi xatarlar yuz berganda o‘zini himoya qilmoqchi.
Shu bilan birga, so‘nggi oylarda fond Tesla aksiyalarining taxminan 5 foizini sotib olib bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tesla aksiyadorlari Ilon Maskni sudga berishgani xabar qilingandi.
San-Frantsiskodagi federal sudga murojaat qilgan da'vogarlarning fikricha, Maskning tvitlari seriyasi sababli ular yo‘qotishlarga uchradi.
Mavzuga oid

09:43 / 28.05.2025
SpaceX'ning Starship kemasi to‘qqizinchi sinov parvozi muvaffaqiyatsiz tugadi

07:52 / 28.05.2025
Saudiya Arabistonida Qurbon hayiti 6 iyun kuni nishonlanadi

22:45 / 27.05.2025
Yevropada Tesla elektromobillari savdosi quladi

18:36 / 26.05.2025