Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bill Geyts robotlarga soliq joriy etilishini bashorat qildi

Foto: AP Photo/Julio Cortez
Microsoft korporatsiyasi asoschisining fikricha, bu odamlarga ish o‘rinlarini saqlab qolish imkonini beradi. U bu haqda Nikkei gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Soliq solinishining asosiy g‘oyasi shundaki, siz kapital yoki ish kuchidan soliq yig‘asiz, robot esa kapitaldir. Hozirda ish kuchiga solinadigan qator soliqlar mavjud, masalan, daromad solig‘i, ammo vaqti kelib odamlar ish o‘rinlarini saqlashga ehtiyoj sezadi, oddiy xodimlarga bo‘lgan talabni oshirish uchun turli chegirma va subsidiyalarga ega bo‘lamiz", dedi Geyts.
"Agarda odamlarni ishga olish o‘rniga robot sotib olishga qaror qilsangiz, buni amalga oshirishingiz mumkin bo‘ladi. Ammo soliq solish tizimi sizni har qanday holatda odamlarni yollash imkoniyatini ko‘rib chiqishga majbur qiladi. Hozirda esa buning aksi bo‘lmoqda", deb qo‘shib qo‘ydi u.
Mavzuga oid

22:14 / 13.05.2025
Ilon Mask Tesla’ning raqsga tushayotgan roboti videosi bilan bo‘lishdi

22:17 / 08.05.2025
Bill Geyts milliarder Ilon Maskni qashshoq bolalar o‘limida aybladi

20:18 / 08.05.2025
Bill Geyts 20 yil ichida deyarli barcha boyligini xayriyaga yo‘naltirishiga va’da berdi

10:37 / 20.04.2025