Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Facebook’ga milliard dollarlik jarima tahdid solyapti

Foto: Alamy
Facebook foydalanuvchilar ma'lumotlarining maxfiyligi buzganligi sababli milliard dollarlik jarimaga tortilishi mumkin. Bu haqda CNN xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Yevropa qonunchiligiga rioya etilishini kuzatuvchi Irlandiyaning ma'lumotlar himoyasi bo‘yicha komissiyasi kompaniyaga nisbatan surishtiruv ishlarini boshladi.
Yevropada amalda bo‘lgan, ma'lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Umumiy reglamentga ko‘ra, qoidabuzar kompaniya 23 mln dollargacha yoki yillik daromaddan 4 foiz bo‘lgan miqdorda jarima to‘laydi: qaysi pul ko‘pligiga qarab.
Qayd etilishicha, Facebook’ning 2017 yildagi daromadi taxminan 40 milliard dollarni tashkil qilgan. Shu tariqa, kompaniya agar 2018 yilda daromad shu darajada qolsa, 1,6 milliard dollar miqdorida jarima to‘lashi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Avstraliya Google va Facebook faoliyatidan tashvishga tushib qolgandi.
Mavzuga oid

00:59 / 14.05.2025
Imtihonga kech qolgan talaba aviakompaniyani sudga berib, unda yutib chiqdi

19:33 / 02.05.2025
TikTok Yevropada 530 mln yevro jarimaga tortildi

17:25 / 02.04.2025
Avtobusda yo‘l haqini to‘lamaganlarga reyd boshlandi, 56 kishi jarimaga tortildi

14:56 / 01.04.2025