Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Apple kabi 1 milliard dollarlik ofis qurishini e'lon qildi

Foto: Kessi Kayfera
Google kompaniyasi Nyu-Yorkda barpo etiladigan yangi kampusini qurishga 1 mlrd dollar sarflashini e'lon qildi. Kampusni 2020 yilda ochish rejalashtirilgan. Kompaniya ofis qurilishi munosabati bilan shahardan soliq imtiyozlari so‘ramasligini qo‘shimcha qilgan.
Google yangi kampus qurishini Apple xuddi shunday rejalari bilan bo‘lishgandan 4 kun o‘tib e'lon qildi. Kompaniya ham bu maqsadda 1 mlrd dollar sarflamoqchi. Kampusda 5 ming xodimni joylashtirish mo‘ljallanmoqda.
Google’ning yangi ofisi 157 ming kvadrat metr maydonni egallaydi.
Bir oy avval Amazon kompaniyasi Long-Aylend, Kvins va Arlingtonda 3 ta kampus qurishini e'lon qilgandi. Kompaniya 2018 yil boshidan turli shaharlar rahbariyatlaridan soliq imtiyozlari bo‘yicha takliflar yig‘gan va natijada Nyu-Yorkda to‘xtashga qaror qilgan.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

09:55 / 15.05.2025
“Sun’iy idrok hali o‘zbekchani to‘liq tushunmaydi” – Google’dagilarga dars o‘tgan o‘zbek qizi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

23:45 / 05.05.2025