Jahon | 01:11 / 17.04.2020
7088
1 daqiqa o‘qiladi

Pandemiya sababli Hilton tarmog‘ining 1000ga yaqin mehmonxonasi yopildi 

Mart oxirlarida Amerika mehmonxonalar va ijara assotsiatsiyasi koronavirus tarqalishi sababli AQShdagi mehmonxonalar xodimlarining 44 foizi ishsiz qolishini taxmin qilgandi. 

Foto: tripadvisor.co.uk

Hilton tarmog‘ining butun dunyodagi mehmonxonalarining 16 foizga yaqini koronavirus pandemiyasi oqibatida yopildi. Bu haqda Hilton korporatsiyasi xabar berdi.

"14 aprel holatiga ko‘ra, qariyb mingta mehmonxona yoki butun dunyodagi barcha obektlarimizning  16 foizi ishini to‘xtatdi. Shimoliy va Janubiy Amerikada mehmonxonalarimizning 16 foizi, Yevropa, Afrika va Yaqin Sharqda 60 foizi, Osiyo-Tinch okeani mintaqasida 15 foizi yopildi", - deyiladi xabarda.

Mart oxirlarida Amerika mehmonxonalar va ijara assotsiatsiyasi koronavirus tarqalishi sababli AQShdagi mehmonxonalar xodimlarining 44 foizi ishsiz qolishini taxmin qilgandi. 

AQSh mehnat vazirligi taqdim etgan ma'lumotga ko‘ra, AQShda pandemiya boshlanganidan 9 aprelga qadar 17 mlnga yaqin kishi, jumladan oxirgi haftada 6,6 mln kishi ishsizlik nafaqasi olish bo‘yicha murojaat qilgan. Oxirgi 3 hafta ichida taxminan har o‘n amerikalikdan bittasi ishini yo‘qotgan.

Mavzuga oid