Jahon | 22:24 / 21.04.2020
8033
1 daqiqa o‘qiladi

Lukashenko jamoasidagi xokkeychida koronavirus aniqlandi

Aleksandr Lukashenko koronavirus bilan bog‘liq gap-so‘zlarni bir necha marta telbalik deb atagan va xalqni vahimaga tushmaslikka chaqirgandi.

Dmitriy Meleshko Foto: Grigoriy Sokolov / RIA Novosti

Belarus prezidenti Aleksand Lukashenkoning havaskorlar jamoasida qatnashuvchi xokkeychi Dmitriy Meleshkoda koronavirus aniqlandi. Bu haqda mamlakat prezidentining matbuot kotibi Natalya Eysmont ma'lum qildi.

Eysmontning bildirishicha, sportchi zotiljam tashxisi bilan kasalxonaga yotqizilgan va unda koronavirus aniqlangan. Qayd etilishicha, Lukashenko u bilan muloqotda bo‘lmagan, chunki jamoa ta'tilda bo‘lgan.

Matbuot kotibining so‘zlariga ko‘ra, prezident koronavirusga test topshirmaydi va masofadan ishlashga o‘tadi.

Lukashenko koronavirus bilan bog‘liq gap-so‘zlarni bir necha marta telbalik deb atagan va xalqni vahimaga tushmaslikka chaqirgandi.

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Belarusda koronavirusga chalinganlar soni olti mingdan oshgan, 51 kishi vafot etgan. Mamlakatda sport musobaqalari, xususan futbol birinchiligi hali ham davom etmoqda.

Mavzuga oid