Jahon | 20:22 / 22.04.2020
40452
1 daqiqa o‘qiladi

Xitoyda 10 mln kishilik shahar koronavirus tarqalishi sababli yopildi

Xitoyning Xarbin shahri koronavirus tarqalishini to‘xtatish maqsadida boshqa shaharlar fuqarolari uchun yopildi. 

Foto: AFP

Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar berdi.  

10 mln kishilik shaharga boshqa shaharlar aholisi va u yerda ro‘yxatdan o‘tmagan transport kirishi taqiqlandi.

Avvalroq Xarbinga Xitoy tashqarisidan yoki epidemiya hududlaridan kelganlar 28 kunlik karantinni o‘tishlari kerak bo‘lgan. Shahar rahbariyati koronavirus tarqalishi qayd qilingan turar-joylarni ham 14 kunga yopishga qaror qilgan. 

Xarbin Rossiya bilan chegaradosh Xeylunszyan provinsiyasi poytaxti hisoblanadi.

Shaharda koronavirusga chalinganlar soni 52 nafarga yetgan. Ulardan 3 nafari Rossiyadan kelgan. Shu bilan birga yana 1400 kishi kuzatuv ostida qolib, ular koronavirus alomatlari mavjudligiga tekshirilmoqda.

Mavzuga oid