Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ispaniyaning sobiq bosh vaziri karantinni buzgani uchun jarimaga tortilishi mumkin
Karantin tartibini buzganligi uchun Mariano Raxoy 601 yevrodan 1500 yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.

Mariano Raxoy / Foto: EPA
Ispaniya sobiq bosh vaziri Mariano Raxoy karantin tartibini buzgani uchun jarimaga tortilishi mumkin.
Avvalroq La Sexta telekanali Raxoy sportcha yurish bilan shug‘ullanayotgani tasvirlangan videolavhani namoyish etgandi. Ispaniyada 14 martdan buyon yuqori darajadagi shaylik rejimi amal qilmoqda, unga ko‘ra, ko‘chaga faqatgina do‘kon yoki dorixonaga, ishga borish uchun chiqish mumkin. Sport bilan shug‘ullanishga qo‘yilgan cheklovlar 2 maydan bekor qilinadi.
Milliy politsiya telekanalda namoyish etilgan lavha bo‘yicha tekshiruv o‘tkazdi va hukumatning politsiya bayonnomalari bo‘yicha jarima qaror chiqaruvchi vakolatxonasiga o‘z xulosasini yo‘lladi.
Efe agentligi manbalarining so‘zlariga ko‘ra, vakolatxona qonun Raxoyga ham "boshqa har qanday fuqaroga bo‘lgani kabi bir xil" ekanligini bildirgan.
Karantin tartibini buzganligi uchun sobiq bosh vazir 601 yevrodan 1500 yevrogacha jarimaga tortilishi mumkin.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, Ispaniyada koronavirus yuqtirganlar soni 240 mingga yaqinlashgan, 24,5 mingdan ortiq kishi vafot etgan.
Mavzuga oid

13:40 / 24.05.2025
Ispaniya banki O‘zbekistonda loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirmoqda

18:05 / 21.05.2025
Madrid yaqinida ukrainalik siyosatchi Andrey Portnov otib ketildi. U Yanukovichning sobiq safdoshi edi

18:13 / 20.05.2025
Ispaniyada internet va mobil aloqa uzilib qoldi

18:21 / 18.05.2025