Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin koronavirus yuqtirib oldi
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustinda koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bosh vazir bu haqda prezident Vladimir Putinni xabardor qilgan.

Foto: Dmitriy Duxanin / «Kommersant»
«Kommersant'» nashrining xabar berishicha, u baland harorat bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Mishustin samoizolyatsiya rejimiga rioya etishini ma'lum qilgan. U Rossiya hukumati rahbari vazifasini vaqtincha bajarish uchun o‘zining birinchi o‘rinbosari Andrey Belousov nomzodini taklif etgan.
«Hozirgina men koronavirus infeksiyasini aniqlash uchun topshirgan testlarim musbat natija bergani ma'lum bo‘ldi. Shu sababli «Rospotrebnadzor» talablariga ko‘ra hamkasblarimning xavfsizligini ta'minlash maqsadida men o‘z-o‘zimni izolyatsiya qilish qoidalariga, vrachlarning ko‘rsatmalariga amal qilishim kerak», degan bosh vazir. Mishustin va Putinning videoaloqa orqali suhbati «Rossiya 24» telekanali efirida ko‘rsatilgan.
Mishustin Putinni hukumat o‘z faoliyatini faollik bilan davom ettirishi va o‘zi ham doimiy aloqada bo‘lib turishini bildirgan.
Putin ham o‘z navbatida Mishustinga tezda sog‘ayishni tilagan va uning taklifi bilan Belousov vaqtincha bosh vazir vazifasini bajaruvchi etib tayinlanishiga rozilik bildirgan. Ko‘p o‘tmay uni bosh vazir vazifasini vaqtincha bajaruvchi etib tayinlash to‘g‘risidagi farmon imzolangan.

Foto: Reuters
«Sizga tezroq tuzalishingizni tilayman, tuzalib salomat bo‘ling. Siz o‘z formangizni saqlab qolib, fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha yechimlar ishlab chiqishda qatnashasiz deb umid qilaman», degan Putin.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

17:15 / 10.05.2025
Rossiya va O‘zbekiston harbiy sohada strategik sheriklik rejasini imzoladi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

14:06 / 29.04.2025