Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransuzlar qayta izolyatsiyaga tayyor turishga chaqirildi
Dushanba kuni Fransiya konstitutsion sudi mamlakatning qator cheklovlar saqlangan holda izolyatsiyadan chiqishi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi.

Foto: AFP / Mehdi Taamallah
Fransiyada koronavirus tarqalishi sababli joriy etilgan izolyatsiya rejimidan chiqish strategiyasi koordinatori Jan Kasteks aholini qaytadan ommaviy izolyatsiyaga tayyor turish haqida ogohlantirdi.
"Favqulodda qayta izolyatsiya ko‘zda tutilishi shart", - deb yozdi Kasteks mamlakatda cheklovlar yumshatilishining dastlabki kunida.
U nooziq-ovqat do‘konlarining ochilishi, ayrim korxonalar, kutubxonalar, kichik muzeylarning faoliyat boshlashiga cheklovlarni qaytarishni, jamoat transportida himoya niqoblarini taqish majburiyligini ta'minlashga chaqirdi.
"Vaksina yoki davolash usuli yaqin muddatlarda bo‘lmas ekan, Fransiya aholisi epidemiya qaytarilishi oldida ojiz qoladi", - dedi Kasteks.
Dushanba kuni Fransiya konstitutsion sudi mamlakatning qator cheklovlar saqlangan holda izolyatsiyadan chiqishi to‘g‘risidagi qonunni tasdiqladi.
Mamlakat sog‘liqni saqlash vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, Fransiyada oxirgi sutkada 263 bemor vafot etgan (bir kun avval 70 kishi), jami o‘limlar soni 26,6 mingdan oshgan. Bir kun ichida koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 456ta yangi holat aniqlangan, 140 mingga yaqin kishi koronavirus yuqtirgan.
Mavzuga oid

20:15 / 27.05.2025
Fransiyada kriptomillionerlarni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha 20 dan ortiq shaxs hibsga olindi

14:00 / 27.05.2025
Parij Makronning xotinidan tarsaki yegani aks etgan kadrlarga izoh berdi

21:53 / 26.05.2025
Tramp Putinning yolg‘on gapirayotganini biladi – Makron

16:40 / 26.05.2025