Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerikalik olimlar koronavirusning davosi topilganini ma'lum qildi
Qayd etilishicha, antitana virusni o‘rab oladi va uni to‘rt kun ichida organizmdan chiqarib tashlaydi.

Foto: Vladimir Astapkovich/ RIA Novosti
Amerikaning Sorrento Therapeutics biofarmatsevtika kompaniyasi olimlari koronavirusni yuz foiz to‘sadigan antitanani aniqlashganini ma'lum qilishdi. Bu haqda Fox News xabar bermoqda.
Manbaning aytishicha, mutaxassislar milliardlab antitanalarni tahlil qilib, ular orasida koronavirusga ta'sir qiladigan yuzlab antitanalar borligini aniqlashgan. Ular ichidan ajratib olingan o‘nlab antitanalar o‘rganilganida, ulardan biri — STI-1499 inson hujayralarini virusdan yuz foiz himoya qilishi ma'lum bo‘lgan.
Qayd etilishicha, u virusni o‘rab oladi va uni to‘rt kun ichida organizmdan chiqarib tashlaydi.
«Bu dori ekanligini ta'kidlaymiz. Aniq ishlaydigan yechim bor», — dedi Sorrento Therapeutics asoschisi doktor Genri Ji. Shu bilan birga, tadqiqotlar faqat laboratoriya sharoitida o‘tkazilgan bo‘lib, kompaniya hozircha dorini ishlab chiqarishga ruxsat olmagan.
Doktor Ji bu dori yordamida barcha mamlakatlarda karantin bekor qilinishi mumkinligini aytdi.
«Agar organizmimizda neytrallaydigan antitana bo‘lsa, ijtimoiy masofaning keragi bo‘lmaydi», — deb ta'kidladi u.
15 may kuni Rossiya tibbiy-biologik federal agentligi rahbari Veronika Skvorsova klinikaoldi tadqiqotlari mefloxin dori vositasi koronavirus yuqtirgandan boshlab 48 soat ichida uni yo‘qotishi mumkinligini ko‘rsatganini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun bir millilitrga ikki mikrogramm doza kerak bo‘ladi. Skvorsova uni profilaktik va davolovchi deb atadi.
Ayni paytda koronavirusga qarshi vaksina mavjud emas, qator davlatlar olimlari uni yaratish ustida ish olib bormoqda.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021