Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinganlar soni 4,5 milliondan oshdi
O‘n kundan sal ko‘proq vaqt ichida bemorlar soni yana 1 millionga oshdi. Avvalgi bir millionlik ko‘rsatkich (2,5 mln kishidan 3,5 mln kishiga oshishi) uchun ikki haftaga yaqin vaqt ketgandi.

Foto: Vincent Thian / AP
Jons Hopkins universitetining ma'lumot berishicha, dunyo bo‘yicha koronavirusga chalinish bilan bog‘liq holatlar soni 4,5 milliondan oshgan, 304,8 ming kishi vafot etgan.
Kasallik yuqtirganlar soni bo‘yicha AQSh birinchi o‘rinda bo‘lib, bu yerda 1,427 mln bemor qayd etilgan, 86,3 ming kishi vafot etgan. Rossiya 262,8 ming bemor bilan ikkinchi, Buyuk Britaniya 238 ming bemor bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan.
4 may kuni kasallik yuqtirganlar soni 3,5 millionga yetgandi.
O‘n kundan sal ko‘proq vaqt ichida bemorlar soni yana 1 millionga oshdi. Avvalgi bir millionlik ko‘rsatkich (2,5 mln kishidan 3,5 mln kishiga oshishi) uchun ikki haftaga yaqin vaqt ketgandi.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:29 / 03.07.2021
AQShda hayvonlar sinov tariqasida koronavirusga qarshi emlanmoqda

13:47 / 03.07.2021