Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tailandda favqulodda holat 30 iyungacha uzaytirildi
Hukumat dunyodagi beqaror epidemiologik vaziyat sababli Tailandda 26 mart kuni joriy etilgan favqulodda holat rejimini uzaytirish zarurligini e'tirof etgan.

Foto: REUTERS
Tailand vazirlar mahkamasi mamlakat koronavirus tarqalishiga qarshi kurash markazining favqulodda holat rejimini 30 iyungacha uzaytirish to‘g‘risidagi taklifini ma'qulladi. Bu haqda NBT telekanali xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, hukumat dunyodagi beqaror epidemiologik vaziyat sababli Tailandda 26 mart kuni joriy etilgan favqulodda holat rejimini uzaytirish zarurligini e'tirof etgan.
Shu bilan birga, vazirlar mahkamasi Tailand xavfsizlik kengashi kotibi general Somsak Rangsitxga Tailandda 1 iyundan boshlanishi kerak bo‘lgan cheklov choralarini yumshatishning uchinchi bosqichini muhokama qilishni topshirgan. Telekanalning bildirishicha, cheklov choralarini yumshatishning uchinchi bosqichi haqida ushbu hafta oxirida e'lon qilinadi.
Hozirda Tailanddagi kasalxonalarda koronavirusga chalingan 59 nafar bemor davolanmoqda. Pandemiya boshlanganidan buyon mamlakatda 3043 kishi koronavirus yuqtirgan, 57 kishi vafot etgan.
Mavzuga oid

23:21 / 15.05.2025
Osiyoda COVID-19 bilan kasallanish holatlari keskin oshdi

00:12 / 05.05.2025
Ispaniyada farzandlarini to‘rt yil uydan chiqarmagan ota-ona hibsga olindi

23:57 / 02.05.2025
Tailandda Sibir kuydirgisidan birinchi o‘lim holati qayd etildi

19:45 / 28.04.2025