Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShda koronavirusga qarshi vaksina sinovining dastlabki natijalari e'lon qilindi
Birinchi emlashdan so‘ng barcha qatnashchilarda koronavirusga nisbatan antitana paydo bo‘ldi, ikkinchi emlashdan keyin esa antitanalar miqdori ikki baravarga ko‘paydi.

Foto: Pedro Vilela / Getty Images
Moderna kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi ishlab chiqilgan vaksinaning birinchi bosqich sinovi uni qabul qilgan barcha ko‘ngillilarda COVID-19ga qarshi antitana paydo bo‘lganini ko‘rsatdi. Bu haqda New England Journal of Medicine nashri ma'lum qildi.
Sinovning dastlabki bosqichida 18 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan 45 nafar sog‘lom ko‘ngillilar ishtirok etdi. Ular 15 kishidan uchta guruhga bo‘lindi va har bir guruh uchun ma'lum dozada vaksina belgilandi. Vaksinatsiya to‘rt haftalik oraliqda ikki marta o‘tkazildi. Birinchi emlashdan so‘ng barcha qatnashchilarda koronavirusga nisbatan antitana paydo bo‘ldi, ikkinchi emlashdan keyin esa antitanalar miqdori ikki baravarga ko‘paydi. Bunda eng kam miqdorda vaksina olganlarda antitanalar miqdori ko‘proq bo‘ldi.
Shu bilan birga, o‘rta miqdorda vaksina olganlarning yarmidan ko‘pida charchoq, titroq, bosh va muskul og‘riqlari kuzatildi. Ikkinchi emlashdan keyin o‘rta miqdorda vaksina qabul qilganlarning 40 foizida harorat ko‘tarildi. Eng ko‘p doza olganlarning uchtasida jiddiy nojo‘ya ta'sirlar kuzatildi.
«Nojo‘ya ta'sirlar ko‘p», — dedi Dyuk universiteti tadqiqotchisi Toni Mudi.
Shu bilan birga, AQSh allergiya va yuqumli kasalliklar milliy instituti tadqiqotchilari sinovda qatnashganlarning aksariyatida nojo‘ya ta'sirlar jiddiy bo‘lmaganligini qayd etdi.
Iyul oxirida vaksinani keng miqyosda sinovdan o‘tkazish boshlanadi.
Mavzuga oid

11:00 / 28.05.2025
AQSh dunyo bo‘ylab xorijiy talabalar uchun viza suhbatlarini to‘xtatmoqda

09:03 / 28.05.2025
WSJ: Tramp Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish haqida o‘ylayapti

22:46 / 27.05.2025
Tramp AQSh oliygohlariga chet ellik barcha talabalar qabulini to‘xtatadi

21:38 / 27.05.2025