Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qarshida karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatilmoqda
Qashqadaryo viloyati markazi Qarshi shahrida karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatiladi.

Qarshi shahar hokimligi axborot xizmati tomonidan Kun.uz’ga taqdim etilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 3 avgustdan boshlab shaharda avtotransport vositalari maxsus ruxsatnomasiz harakatlanishga, shuningdek, shaharga kirish-chiqishga faqatgina kunning muayyan vaqtida – soat 07:00dan 10:00gacha va soat 18:00dan 21:00gacha, tegishli hudud doirasida harakatlanishga ruxsat beriladi.
Bunda avtomobillar harakatiga fuqarolarning ish joyiga borib-kelishi, dori vositalari, oziq-ovqat va birinchi galdagi mahsulotlarni xarid qilish uchun ruxsat etiladi.
Bundan tashqari, Qarshi shahar hokimligi qoshida tashkil etilgan maxsus komissiya qaroriga asosan shaharda karantin cheklovlari bosqichma-bosqich yumshatib boriladi.
Jumladan, 4 avgustdan boshlab sartaroshxona va go‘zallik salonlariga (maxsus talablar asosida) faoliyatini davom ettirishga ruxsat beriladi.
Shuningdek, epidemiologik vaziyatdan kelib chiqqan holda keyinroq buyum bozorlari, umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatiga ham bosqichma-bosqich ruxsat etiladi.
Mavzuga oid

13:35 / 21.01.2025
Karantin ostidagi mahsulotni eksport qiluvchilar uchun qulay sharoit yaratiladi

15:46 / 12.01.2025
Qashqadaryoda maktabga mashina minib kelgan o‘quvchiga chora ko‘rildi

16:36 / 20.12.2024
Qarshida bir oilaning to‘rt a’zosi is gazidan zaharlangan - ekspertiza

17:32 / 19.12.2024