Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sirdaryoda qalbaki pullar yoqib yuborildi
2020 yilning 1 oktabr kuni T.Sh. o‘zining jinoiy sherigi K.X. hamda Qirg‘iziston fuqarosi bo‘lgan “Hoji” ismli shaxs bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, Farg‘ona shahrida “Hoji”ning “Ja'far” ismli tanishidan 8 ming AQSh dollari evaziga jami 20 ming dollar miqdoridagi qalbaki pullarni sotib olgan.

Foto: Majburiy ijro byurosi
Majburiy ijro byurosi xabariga ko‘ra, ular Toshkent viloyatidan Sirdaryo viloyati tomon harakatlanib ketayotgan vaqtida Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sirdaryo viloyat boshqarmasi va DXX Sirdaryo viloyat boshqarmasi xodimlari tomonidan Shirin shahar YPX postida ushlangan va 20 ming dollar miqdoridagi qalbaki pullar daliliy ashyo sifatida olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat ishlari bo‘yicha Sardoba tuman sudi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat kodeksining 25,176-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan sudlangan K.X. va boshqalarning jinoyat ishi bo‘yicha daliliy ashyo sifatida olingan qalbaki 20 ming dollarni tegishli tartibda yo‘q qilish to‘g‘risida sud qaror chiqargan.
Tuman MIB tomonidan bu vazifa joriy yilning 28 yanvar kuni amalga oshirildi, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid

14:16 / 27.05.2025
Sirdaryoda muhandislik va agrotexnologiyalar instituti tashkil etiladi

22:52 / 20.05.2025
Sirdaryoda 14 yoshli o‘smir kanalga cho‘kib ketdi

16:41 / 15.05.2025
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston Sirdaryo uchun suv taqsimoti rejimlarini tasdiqladi

08:31 / 09.05.2025