Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Bozorov aytilgan ishni muhokama qilmay bajarardi» – prezident
Namangan viloyatida bo‘lib turgan prezident Shavkat Mirziyoyev xalq deputatlari viloyat kengashining navbatdan tashqari sessiyasida ishtirok etmoqda. Sessiya davomida prezident Namanganning oldingi hokimi haqida iliq fikr bildirdi.

«Yana takrorlayman, Namanganda yirik korxonalar yo‘q, lekin Bozorov aytganimni qilib, tadbirkorlarga ergashdi va viloyatni rivojlantirdi. Bozorov aytilgan gapni muhokamasiz bajarardi, meni juda yaxshi tushunardi. Rahmatli Barnoyev ham shunaqa edi, natijada Buxoro qisqa muddat ichida o‘zgargandi», – dedi prezident.
Eslatib o‘tamiz, 2020 yil sentabr oyidan buyon Farg‘ona viloyati hokimi vazifasini bajarib kelgan Xayrulla Bozorov 5 fevral kuni ushbu lavozimga tasdiqlandi.
2020 yilning 20 sentyabrida bosh vazirning agrar va oziq-ovqat sohalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘ktam Barnoyev 56 yoshida koronavirusdan vafot etdi.
Mavzuga oid

22:51 / 27.05.2025
Namangan viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

01:49 / 27.05.2025
Namanganda daraxtga urilgan Nexia-3 yonib ketdi. Haydovchi halok bo‘ldi

23:54 / 26.05.2025
Namanganda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» vaqtida qizlarning sochi yonib ketdi

17:17 / 22.05.2025