O‘zbekiston tumani hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi

Sherzod Ismoilov O‘zbekiston tumani hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiyalar va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.
Tuman hokimligi axborot xizmatining xabariga ko‘ra, u 2 aprel sanasidan ushbu lavozimni egallagan.
Sherzod Ismoilov 1982 yilda Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida tug‘ilgan. 2006 yilda Farg‘ona davlat universitetining ekologiya va tabiatdan foydalanish yo‘nalishini tamomlagan.
Sh.Ismoilov tayinlovga qadar Farg‘ona viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasining ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

11:53 / 06.05.2025