Farg‘ona viloyati hokimiga yangi o‘rinbosar tayinlandi
Farg‘ona viloyati hokimining qarori bilan Xoliqov Bahodir Rahmatullayevich viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.

2020 yil 20 fevraldan viloyat hokimining o‘rinbosari – mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i vazifasida ishlab kelgan Saidmurod Aminjonov o‘z arizasiga binoan lavozimidan ozod etildi.
Bahodir Xoliqov 1972 yil 26 yanvarda Rishton tumanida tug‘ilgan. Ma'lumoti oliy. 1994 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.
2019-2020 yillarda Quvasoy shahar hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – shahar iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish bo‘limi boshlig‘i bo‘lib faoliyat olib borgan.
Bahodir Xoliqov 2020 yildan tayinlovga qadar viloyat Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mavzuga oid

12:08 / 13.05.2025
Texnik jihatdan tartibga solish agentligi direktoriga o‘rinbosar tayinlandi

19:44 / 07.05.2025
Yana ikkita universitet rektori o‘zgardi

17:31 / 07.05.2025
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligiga direktor tayinlandi

12:13 / 06.05.2025