Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yangiyo‘lda “KamAZ” yonib ketdi

Yangiyo‘l tumanida "KamAZ" yuk avtomashinasida yong‘in sodir bo‘ldi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, 26 may kuni soat 15:44 da Yangiyo‘l tumani «Registon» MFY hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 830 km.da harakatlanib ketayotgan “KamAZ” rusumli yuk avtomashinasining motor va kabina qismida yong‘in sodir bo‘lgan.
Yuzaga kelgan yong‘inni bartaraf etishga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining 2 ta yong‘in-qutqaruv guruhi jalb etilgan. Yong‘in-qutqaruvchilar voqea joyiga soat 15:54da yetib borgan va soat 16:04da yong‘in to‘liq o‘chirilgan.
Yong‘in natijasida yuk avtomobili haydovchisi qo‘l qismidan 3 foiz kuyish tan jarohati olgan, shifokorlar tomonidan unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Mavzuga oid

20:09 / 25.05.2025
Toshkentdagi ko‘p qavatli uylarning birida yong‘in chiqdi

08:10 / 24.05.2025
Toshkentda Nissan avtomobili yonib ketdi

21:35 / 22.05.2025
Xorazm viloyati Markaziy Banki binosida yong‘in yuz berdi

19:31 / 18.05.2025