Navoiyda tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi
Navoiy shahridagi tadbirkorlar tomonidan tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq uchta holat aniqlandi. Bu haqda «Hududgaz Navoiy» gaz ta'minoti filiali axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, yuridik shaxslarga tabiiy gazni yetkazib berishni nazorat qilish bo‘limi mas'ullari tomonidan may oyida iste'molchilarning tabiiy gazdan oqilona foydalanishini nazorat qilish bo‘yicha tadbirlar olib borilgan.
Jarayonda «O.R.O» xususiy korxonasi ta'minotchi korxona bilan shartnoma tuzmasdan gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanganligi ma'lum bo‘lgan. Hisob-kitoblarga ko‘ra, buning oqibatida ta'minotchi korxonaga 42 million 483 ming so‘m moddiy zarar yetkazilgan.
Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor I.Sh. ham hech qanday shartnoma tuzmasdan 2 820 metr kub gazdan noqonuniy foydalangan. «E.P.» xususiy korxonasi esa gazdan o‘zboshimchalik bilan foydalanishi oqibatida ta'minotchi korxona 43 million 536 ming so‘m moddiy zarar yetkazgan.
Oldinroq Navoiy viloyatida gazdan noqonuniy foydalanib kelgan issiqxonalar egalariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.
Mavzuga oid

20:30 / 17.05.2025
Erdo‘g‘an Qora dengizda 30 milliard dollarlik gaz koni topilganini e’lon qildi

09:47 / 17.05.2025
Navoiyda ventilyatsiya tarmog‘i orqali oltin o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi

11:43 / 13.05.2025
Navoiyda 55 yoshli ayol hujjatlarda erkak sifatida qayd etib kelingani aniqlandi

11:11 / 06.05.2025