13 nafar fuqaroni sotgan odamfurushga jazo tayinlandi
Uchqo‘rg‘onlik shaxs 13 nafar O‘zbekiston fuqarosini Qirg‘izistonda sotib yuborgani sababli ozodlikdan mahrum qilindi.

Uchqo‘rg‘onlik shaxs 13 nafar O‘zbekiston fuqarosini Qirg‘izistonda sotib yuborgani sababli ozodlikdan mahrum qilindi.
Uchqo‘rg‘on tumanida yashovchi fuqaro R. J. muqaddam sudlanmagan bo‘lsa-da, jinoyat yo‘li bilan oson pul topishga qiziqib, Qirg‘iz Respublikasida yashovchi tanishi “Melis” bilan jinoiy til biriktiradi. Maktab qurilishi uchun 13 nafar O‘zbekiston fuqarosini aldab, oyiga 400—500 dollar miqdorida ish haqi berishini aytadi va Qirg‘izistonga qonuniy tartibda olib o‘tib, sotib yuboradi.
U jinoiy sherigi bilan ishlagani borgan ishchilarga yotoq-joy, dam olishga, yaxshi ovqatlanishga shart-sharoit yaratib bermasdan, ular ketib qolishining oldini olish maqsadida fuqarolik pasportlarini olib qo‘ygan, sovuqda og‘ir sharoitda ishlashga majbur qilgan. Bunday sharoitda ishlashga ko‘nikmagan va ketish niyatini bildirgan ishchilarni urib-do‘pposlab, turli darajadagi tan jarohati olishiga sababchi bo‘lgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha bo‘yicha Uchqo‘rg‘on tuman sudi tomonidan ko‘rib chiqilgan sud ishiga ko‘ra, sudlanuvchi R. J. O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 2-qismi “a, b, d, ye, z, i” bandlari bilan aybli deb topilib, unga nisbatan 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.
Sud hukmiga asosan majburiy mehnat sababli jabrlanuvchilarning ish haqlari va ma'naviy zararlarini sudlanuvchidan undirish belgilangan.
Mavzuga oid

15:18 / 13.04.2025
Myanmada odam savdosi qurboni bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi

22:01 / 20.03.2025
Odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Istanbuldan deportatsiya qilindi

17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi

16:48 / 06.03.2025