Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiqda 60 metr chuqurlikka tushib ketgan inson hayoti saqlab qolindi

Foto: FVV axborot xizmati
Qamchiq dovonida 60 metr chuqurlikka tushib ketgan fuqaro qutqarib olindi. Bu haqda FVV axborot xizmati xabar berdi.
Aniqlanishicha, “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishida to‘xtab turgan Neksiya rusumli avtomashina yo‘lovchisi yo‘lning chekka qismida ehtiyotsizligi sababli taxminan 50-60 metr pastlikka tushib ketib, turli darajada tan jarohatlari olgan.
Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruvchilar yetib borib, maxsus texnikalar yordamida jabrlangan fuqaroni pastlikdan olib chiqishgan va tez tibbiy yordam xizmati xodimlariga topshirishgan.
Ayni vaqtda jabrlanuvchiga Namangan viloyati Pop tumani markaziy shifoxonasi xodimlari tomonidan malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozirda uning ahvoli o‘rta darajada deb baholangan.
Mavzuga oid

10:12 / 27.05.2025
Qamchiqda yuk mashinasi va Gentra xandaqqa tushib ketdi

21:32 / 19.05.2025
Boysunning kelajagi nima bo‘ladi? FVV mas’uli izoh bera olmadi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

13:41 / 28.04.2025