Apple iPhone Xr va iPhone 12 Pro smartfonlarini sotuvdan oldi
Hozirda kompaniyaning rasmiy internet-do‘konidan yangi iPhone 13, 13 mini, 13 Pro va 13 Pro Max qurilmalarini sotib olish mumkin.

Foto: Global Look Press/Komsomolskaya Pravda
Apple kompaniyasi bir nechta smartfon modellarini sotuvdan oldi. Gap iPhone Xr, iPhone 12 Pro va iPhone 12 Pro Max haqida bormoqda.
Hozirda kompaniyaning rasmiy internet-do‘konidan yangi iPhone 13, 13 mini, 13 Pro va 13 Pro Max qurilmalarini sotib olish mumkin. Bundan tashqari, iPhone 12 va 12 mini hamda iPhone 11 va ikkinchi avlod iPhone SE smartfonlari ham sotuvda.
Apple 14 sentyabr kuni o‘zining yangi mahsulotlari, jumladan, iPhone 13, iWatch Series 7, iPad planshetlarining yangi avlodi va AirPods 3 quloqchinlari taqdimotini o‘tkazdi.
Kompaniyaning qayd etishicha, iPhone 13ning akkumulyatori kun davomida ishlashga imkon beradi. Shuningdek, yangi iPhone'da kinematografiya rejimi mukammalashtirilgan va video olayotganda ranglar, yorug‘lik avtomatik tarzda to‘g‘rilanadi.
iPhone 13 modeli 999 dollar, iPhone Pro Max esa 1099 dollardan sotuvga chiqarilgan.
Mavzuga oid

16:44 / 22.05.2025
Xitoyda o‘g‘irlangan iPhone «qabristoni» topildi

17:55 / 12.05.2025
Apple deyarli butunlay shisha iPhone chiqaradi

17:55 / 23.04.2025
Yevrokomissiya Apple va Meta’ni 700 mln yevro jarimaga tortdi

09:03 / 21.04.2025