Surxondaryoda odamlarning qo‘ylarini o‘g‘irlagan shaxs ushlandi
Surxondaryo viloyati Denov tumanida odamlarning qo‘ylarini o‘g‘irlagan shaxs ushlangan. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, 2021 yil 3 dekabr kuni Denov tumani Elobod mahallasida yashovchi X.Xolmat tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. U arizasida joriy yil 10 oktabr kuniga o‘tar kechasi, molxonasidan 1,6 million so‘mlik 2 bosh qo‘yini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Bundan tashqari, shu mahallada yashovchi M.Mansur 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, joriy yil 10 oktabr kuniga o‘tar kechasi, molxonasidan 6,3 million so‘mlik 6 bosh qo‘yini noma’lum shaxs o‘g‘irlab ketganini bildirgan.
Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida o‘g‘irlikni Denov tumanida yashovchi O.Odilbek sodir etgani aniqlanib ushlangan va undan ashyoviy dalillar olingan.
Qayd etilishicha, 2021 yil 14 dekabr kuni O.Odilbekka nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga oid

11:58 / 24.05.2025
Surxondaryoda giyohvandlik vositasini 20 ming dollarga sotishga uringan shaxslar ushlandi

23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi

09:12 / 22.05.2025
Surxondaryoda qovun yegan fuqarolar zaharlangani rad etildi

16:37 / 20.05.2025