Namanganda tug‘ilmagan farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol ushlandi

Foto: AP
Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on tumanida istiqomat qiluvchi 32 yoshli ayol hali tug‘ilmagan, besh oylik bolasini 1000 AQSh dollariga sotmoqchi bo‘lgan paytida tegishli huquqni muhofaza qilish organi tomonidan qo‘lga olindi.
Qayd etilishicha, homilador ayolning uch nafar farzandi bo‘lib, to‘rtinchi bolani dunyoga keltirishni istamagan. Keyinchalik u ushbu tug‘ilajak zurriyodini sotish evaziga daromad topish ilinjida bo‘lib, tug‘ilajak farzandini sotib olishi uchun o‘zi yashaydigan tumandan talabgor topadi. Buning evaziga esa bir xonali uy olib berishini talab qilgan.
Bola olmoqchi bo‘lgan fuqaro uy olib berish uchun moddiy imkoniyatlari cheklanganini aytib, ushbu talabni rad etgan. Keyinchalik bola 1000 AQSh dollariga baholangan. Ayol tug‘ilajak bolasiga 500 dollar pulni olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid

18:39
Namangan shahar hokimi bilan radarlar masalasida “o‘chakishgan” podpolkovnik boshqa ishga o‘tkazildi

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

17:00 / 03.05.2025